“Asalhoney”ning qotili 16,5 yilga “kesildi”

3-sahifa

image

“Asalhoney” nomi bilan tanilgan insta-bloger Asal Xo‘jayevaning qotili 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari ma’lum qildi.

Bugun, 2022 yil 9 avgust kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchi K.Sh. (1997 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan) ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud raisi T. Obidov hukmni e’lon qildi.

E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, K.Sh. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “i” bandi va 164-moddasi (bosqinchilik) 3-qismi “v”, “g” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga Jinoyat kodeksining 59-moddasiga asosan tayinlangan asosiy jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 16,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishi bo‘yicha “Ipak Yo‘li” OAITB Chilonzor filialida saqlanayotgan 10 269 000 so‘m jabrlanuvchining qonuniy vakiliga qaytarilishi va sudlanuvchidan qonuniy vakil foydasiga 20 849 899 so‘m qoplanmagan zarar undirilishi belgilandi. 

Qonuniy vakilga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararni undirish yuzasidan fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati va protesti hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran 20 sutka ichida, mahkum va fuqaroviy da’vogar tomonidan esa ularga hukmning ko‘chirma nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida Toshkent shahar sudiga berilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Asal Xo‘jayevaning murdasi joriy yilning 18 mart kuni soat 10:01 da Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 99-uy, 210-xonadonning yotoqxonasida qotillik alomatlari bilan topilgandi.

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, Asal Xo‘jayevaning o‘limi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, bo‘yin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq to‘qimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan.

Voqea joyi kriminalistika texnika vositalari yordamida ko‘zdan kechirilib, qonga o‘xshash dog‘lardan namunalar, murda kiyimlari, qo‘l barmoq izlari, 1 dona noutbuk, 1 dona fleshka, 4 dona uyali aloqa telefoni, 4 dona bank plastik kartalari daliliy ashyo sifatida olingan. 

Voqea joyiga Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari Ikrom Narimov, shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Tursunov, Yashnobod tumani prokurori A.Donayev, shahar IIBB va tuman IIO FMB rahbariyati hamda tezkor tergov guruhi a’zolari yetib borgan.


Maqola muallifi

Teglar

Asalhoney

Baholaganlar

432

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing