IIV Andijondagi zo‘rlash bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berdi. Ishni shaxsan vazir nazorat qilmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Andijonda 6 erkak 5 oylik kelinchakni zo‘rlagani haqida xabarlar tarqalgani, holat bo‘yicha viloyat IIB surishtiruv o‘tkazayotgani haqida xabar bergan edik. Ichki ishlar vaziri voqeani o‘z nazoratiga oldi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, mazkur jinoyatni fosh etish jarayoni Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratida bo‘lib, holat to‘liq o‘rganilmoqda. Tergovning yakuni bo‘yicha har bir ishtirokchining harakatlariga huquqiy baho beriladi hamda aybdorlar uchun jazo muqarrarligi ta’minlanishi kafolatlanadi. Bu haqda jamoatchilikka o‘z vaqtida va batafsil e’lon qilinadi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari Andijon viloyati IIB tomonidan amalga oshirilmoqda. Ishga Ichki ishlar vazirligining alohida mutaxassislari jalb etilgan.

Hozirda, voqea joyidan olingan ashyolar, biologik izlar, jabrlanuvchi va gumonlanuvchilarga tegishli kiyimlar dalil tariqasida olinib, sud-tibbiy ekspertiza, sudga oid biologik ekspertiza va sudga oid fizika-texnikaviy ekspertizalar tayinlangan.

Shuningdek, jabrlanuvchi O.O.ning ko‘rsatmasiga ko‘ra, unga zo‘rlik ishlatgan hamda jinsiy aloqada bo‘lgani vaj qilinayotgan olti nafar gumonlanuvchi fuqarolarning ko‘rgazmalari, voqeaning xronologik tartibi hamda mavjud guvohlarning bayonotlari to‘liq o‘rganilmoqda. 

Voqea yuzasidan gumonlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalari, dastlabki sud tibbiy ekspertizasining natijalari hamda jabrlanuvchining ko‘rsatmalari o‘rtasida jiddiy tafovutlar borligi sababli, qo‘shimcha tergov va tezkor harakatlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bosh prokuraturaning QALAMPIR.UZ’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 18 yoshli fuqaro O.O. 13 may kuni 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, fuqarolar S.A. va M.O. uni zo‘rlaganini aytgan. Mazkur holatda 6 kishi – S.A., M.O., M.A., J.M., J.X. va A.B. aybdor deb gumon qilinyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon

Baholaganlar

2111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing