IBF Ahmadaliyevga chempionlik uzugini sovg‘a qildi (foto+video)

Sport

image

Boks bo‘yicha birinchi yarim yengil vaznda sobiq IBF va WBA chempionlik kamarlari sohibi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyevga IBF tashkiloti chempionlik uzugini sovg‘a qildi. Bu haqda sportchi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.

“Taklif va sovg‘a uchun IBF tashkilotiga katta rahmat. Men uch marta muvaffaqiyatli titul himoyasini o‘tkazdim. Tez orada unvonlarimni qaytaraman. Meni doim qo‘llab-quvvatlab kelayotgan jamoamga rahmat. Biz yangi yutuqlar sari intilishda davom etamiz”, deydi Ahmadaliyev.

Mazkur tashkilot har yili bir marta boksda yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori natijalarga ega bo‘lgan amaldagi hamda sobiq jahon chempionlarini doimiy tarzda rag‘batlantirib boradi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ahmadaliyev QALAMPIR.UZ'ga intervyu berib, oxirgi jangida hakamlar bahsli qaror chiqarganini va promouterlari revansh bahsi bo‘yicha ish olib borayotganini ta’kidlagandi.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ahmadaliev IBF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing