Human Rights Watch ozarbayjonni qiynoq va zo‘ravonlikda ayblamoqda

Olam

image

2020 yilning sentyabr, oktyabr va noyabr oylarida Tog‘li Qorabog‘dagi jang paytida asirga olingan armanistonlik harbiy asirlarga nisbatan Ozarbayjon kuchlari tomonidan yomon muomalada bo‘lib kelingan. Bu haqda Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti o‘zining navbatdagi bayonotida aytib chiqdi. Qayd etilishicha, shafqatsiz va qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va qiynoq epizodlari qo‘lga olingandan so‘ng ham, turli hibsxonalarga yetkazish paytida ham, hibsxonalarning o‘zida ham ham sodir bo‘lgan.

“Ozarbayjon rasmiylari yomon muomala bo‘yicha barcha da’volarni tekshirishi va aybdorlarni javobgarlikka tortishi kerak. Shuningdek, ular qolgan barcha harbiy asirlarni va asirga olingan fuqarolarni zudlik bilan ozod qilishlari va Ozarbayjon hokimiyati ostida oxirgi marta ko‘rilgani ma’lum bo‘lgan harbiylar va fuqarolarning yashash joylari to‘g‘risida ma’lumot berishlari kerak”, deya iddao qilmoqda tashkilot.

“Ushbu qonunbuzarliklar, jumladan, armanistonlik mahbuslarga qo‘llanilgan qiynoqlar shafqatsiz va harbiy jinoyatdir. Shuningdek, Baku hibsga olingan Ozarbayjon kuchlari tomonidan ko‘rilganidan keyin g‘oyib bo‘lgan bir qator arman askarlari taqdiri to‘g‘risida hali ham xabar bermagani juda xavotirli”, deydi Human Rights Watch’ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Xyu Uilyamson.

Bayonotda aytilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda ozarbayjonlik harbiylar tomonidan arman mahbuslari ustidan bezorilik ko‘rsatilayotgani tasvirlangan videofilmlar ko‘p joylashtirilgan. 

“Biz ushbu videolarning 20 dan ortig‘ini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdik va tekshirdik, shu jumladan yaqinda qaytib kelgan mahbuslar va videolarda ko‘ringan, ammo hali uyiga qaytmaganlarning oila a’zolari bilan suhbatlashdik. Shuningdek, biz turli xil tibbiy hujjatlarni ko‘rib chiqdik. 

Qiynoqlar va qo‘pol muomalalar haqidagi hikoyalarda Ozarbayjon tomonida qolgan arman harbiy asirlari yomon munosabatda bo‘lish xavfi ostida qolishdan qo‘rqadi. Ozarbayjon hukumati mahbuslar va asirga olingan boshqa odamlarni inson huquqlari va insonparvarlik qonunchiligi bo‘yicha xalqaro me’yorlarda, shu jumladan qiynoqlar va yomon munosabatlarni taqiqlashda ko‘zda tutilgan barcha kafolatlar bilan ta’minlashi shart.

Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qurolli mojaro 2020 yil 27 sentyabrda, Ozarbayjon kuchlari keng ko‘lamli hujumni boshlaganda keskin avj oldi. Harbiy harakatlar 10 noyabr kuni Rossiya ishtirokida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolanishi bilan yakunlandi. Boshqa narsalar bilan bir qatorda, hujjat “harbiy asirlarni, garovga olinganlarni va hibsga olingan boshqa shaxslarni va marhumlarning jasadlarini almashtirish”ni ham nazarda tutgan. 

Ozarbayjon tomonida qolgan arman harbiy asirlarining aniq soni aniq emas. Fevral oyining oxiriga kelib Armanistonning Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudidagi vakolatxonasi Ozarbayjon rasmiylariga asirlikda gumon qilinayotgan va asirlikda bo‘lgan 240 fuqaroning ustidan shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Vakolatxonaning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday holatlarning taxminan 90 foizida ular u yoki bu shaxs Ozarbayjon tomoni hokimiyatida bo‘lganligini tasdiqlovchi foto va video materiallarni taqdim etgan. 

Armaniston rahbariyati Ozarbayjon 69 harbiy asirni va asirga olingan tinch aholini qaytarib berganini da’vo qilmoqda. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning ta’kidlashicha, barcha harbiy asirlar Armaniston tomoniga qaytarilgan, ammo yana 60 ga yaqin kishi hibsda terrorizmda gumon qilinayotgan shaxslar sifatida qolmoqda. Human Rights Watch har ikki tomonning hibsda qolganlar soni va ularning maqomiga oid da’volarini tekshirishga qodir emas. 

Xalqaro gumanitar huquq yoki qurolli to‘qnashuv qonuni jang qiluvchilarni har qanday sharoitda mahbuslarga insoniy munosabatda bo‘lishga majbur qiladi. Harbiy asirlarga nisbatan uchinchi Jeneva konvensiyasi ularni "xususan barcha zo‘ravonlik yoki qo‘rqitish harakatlaridan, olomonning haqoratlari va tazyiqidan" himoya qilishni talab qiladi. Ozarbayjon, shuningdek, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro paktda va Inson huquqlari to‘g‘risidagi Yevropa konvensiyasida ishtirokchisi”, deyiladi Human Rights Watch bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning 27 sentyabr kuni Armaniston va Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni boshlagandi. Har ikki tomon ham bir-birini tashviqotda ayblab, to‘liq yoki qisman harbiy safarbarlik e’lon qilgandi.

O‘tgan yilning 9 noyabr kuni Rossiya va Ozarbayjon Prezidentlari Vladimir Putin, Ilhom Aliyev hamda Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlarni to‘liq to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar.

Bayonotga ko‘ra, Armaniston va Ozarbayjon egallab turgan pozitsiyalarida to‘xtadi, keyin bir qator tumanlar Baku nazorati ostiga o‘tishi belgilandi. Sulhga ko‘ra, tomonlar o‘zaro asirlar, yaradorlar va halok bo‘lganlarning jasadlarini almashishni allaqachon boshladi. 

Shuningdek, 1960 kishidan iborat Rossiya tinchlikparvar kuchlari aloqa liniyasi va Qorabog‘ni Armaniston bilan bog‘laydigan Lochin yo‘lagi bo‘ylab joylashtirildi.

Keyinchalik, Rossiya harbiylari Tog‘li Qorabog‘da tinchlikparvar kuchlar nazoratidagi hududlarda minalardan tozalash ishlarini davom ettirayotgani xabar qilindi.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya qo‘shinlari Qorabog‘da besh yildan ko‘proq qolishidan umidvorligini bildirdi. Pashinyan TASS nashriga bergan intervyusida ushbu besh yillik davr nimaga asoslanib belgilangani va shu vaqt ichida nimalar qilish kerakligi haqida gapirdi

Pashinyanga ko‘ra, Rossiya tinchlikparvar kuchlari mintaqada xavfsizlik va barqarorlik kafolatlarini yaratishi zarur. Uning qo‘shimcha qilishicha, RTKning Tog‘li Qorabog‘da bo‘lish muddati besh yil bilan cheklanib qolmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Human Rights Watch Qorabog'dagi vaziyat

Baholaganlar

20

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing