Ozarbayjon va Eron qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshladi
Olam
−
25 noyabr
1663Ozarbayjon va Eron Qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmalari Eronning Ardabil viloyatida 4 kunlik harbiy mashg‘ulotlarni boshladi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.
Bildirilishicha, Ardabil viloyatining Aslanduz tumanida 4 kun davom etadigan “Aras qo‘shma mashqlari” deb nomlangan harbiy mashg‘ulotlarda IIV Quruqlik kuchlari va Ozarbayjon Qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmalari ishtirok etmoqda.
Mashg‘ulotlardan ko‘zlangan maqsad ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, noqonuniy qurolli tashkilotlarga qarshi birgalikda kurashish, chegara xavfsizligini mustahkamlash va harbiy salohiyatni oshirishdan iborat.
Mashg‘ulotlar boshlanishidan oldin ikki davlat delegatsiyalarining yuqori martabali a’zolari ishtirokida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab yig‘ilishida manyovrlar bosqichlari va epizodlari ketma-ketligi aniqlanib, xavfsizlik qoidalari tushuntirildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda Eron Bangladesh, Hindiston, Ummon, Pokiston, Qatar, Rossiya, Saudiya Arabistoni va Tailand kabi bir necha xorijiy davlatlar bilan Fors ko‘rfazida harbiy mashg‘ulot o‘tkazgandi.
LiveBarchasi