HRW Isroil va HAMASni urush jinoyatlarida ayblaydi

Olam

image

Xalqaro inson huquqlari tashkiloti Human Rights Watch (HRW) Isroil va HAMASni urush jinoyatlarida aybladi. Tegishli hisobot uning veb-saytida keltirilgan.

Unda aytilishicha, Falastin qurolli guruhining tinch aholiga qasddan hujum qilishi, bombardimon qilishi va garovga olish holatlari urush jinoyati hisoblanadi.

Shu bilan birga, HRW Isroil rasmiylarining G‘azo sektorida elektr energiyasini o‘chirib qo‘yishi va falastinliklarga nisbatan g‘ayriinsoniy jazo choralarini qo‘llashi ham ushbu jinoyatlar qatoriga kiradi.

“Urush qonunlari nizolashayotgan barcha tomonlarga, ularning urushga kirishi qonuniyligidan yoki tomonlar o‘rtasidagi kuchlar muvozanatidan qat’iy nazar, amal qiladi”, deydi huquq himoyachilari.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil "bir necha bor o‘nlab tinch aholining hayotiga zomin bo‘lgan, butun oilalarni vayron qilgan, atrofdagi hududlarda aniq harbiy nishonlarsiz tinch aholi yoki fuqarolik infratuzilmasini nishonga olgan. Shu jumladan, G‘azoda turar-joy va tijorat binolari vayron qilingan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi. Kecha, 9 oktyabr kuni esa Isroil Mudofaa vaziri Yoav Galant Isroil harbiylari G‘azo sektorini keng ko‘lamli blokadaga kirishayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Human Rights Watch Isroil HAMAS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made