Guterrish O‘zbekistonga tashrifini yakunladi
Jamiyat
−
01 iyul
6778Bugun, 1 iyul kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrishning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi yakunlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kuzatib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 30 iyun kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgandi. 1 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan “ACWA POWER RIVERSIDE SOLAR” quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Ko‘ksaroy qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
LiveBarchasi