BMT Bosh kotibi Yuqori Chirchiq tumaniga bordi
Jamiyat
−
01 iyul
7374Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun, 1 iyul kuni Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi quvvati 200 megavatt bo‘lgan “ACWA POWER RIVERSIDE SOLAR” quyosh fotoelektr stansiyasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bosh kotibga 2030 yilgacha O‘zbekistonda yashil energetikani rivojlantirish strategiyasi, muqobil energiya ishlab chiqarish sohasida quvvatlarni yaratish dasturi haqida taqdimot qilingan. Guterrish mamlakatda quyosh va shamol energetikasini rivojlantirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini aytib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatida qiymati 400 million dollarlik 200 megavatt quvvatiga ega bo‘lgan loyiha amalga oshirilgan. Buning uchun 460 gektar yer maydoni ajratilgan. Hozirgi kunda 150 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, keyinchalik Parkent tumanida 500 megavatt elektr energiyasini saqlash tizimi ishga tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi