BMT Bosh kotibi O‘zbekistonga keldi
Jamiyat
−
30 iyun 2024 10230 1 daqiqa
Bugun, 30 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov xabar berdi.
Toshkent xalqaro aeroportida uni Bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Qisqa suhbatdan so‘ng, BMT Bosh kotibi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamrohligida o‘zi uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Antoniu Guterrish Markaziy Osiyoga kelishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr