Karimovaning xalqqa murojaati, advokatining ayollar qamoqxonasi haqidagi fikri, Trampning Eronga munosabati va kunning boshqa xabarlari

Jamiyat

image

Bugun, 23 iyun kuni O‘zbekiston va jahon sahnida bir qator muhim voqeliklar yuz berdi. QALAMPIR.UZ tahririyati tomonidan e’lon qilingan kunning dolzarb xabarlarini yana bir bor eslab o‘tamiz.

Gulnora Karimova 6 yil deganda hammasi haqida gapirdi. U xalqdan kechirim so‘rayapti

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning nabirasi Imon Instagram`dagi sahifasida onasi Gulnora Karimovaning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan murojaatini e’lon qildi.

Karimovaning advokati: Zangiotada yuzlab mahbus ayollarni ko‘rdim, ammo advokatlarni uchratmadim

Greguar Manja Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashagn ayollar qamoqxonasida ko‘rganlari, u yerdagi vaziyat haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Advokat koloniyada ko‘plab mahbus ayollarni ko‘rgan, lekin birorta advokatni uchratmagan. Bu haqda shveysariyalik advokat Twitter`dagi sahifasida post qoldirdi.

Rossiyalik mutaxassis “Navbahor”dan iste’foga chiqarildi

Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis qoniqarsiz natijalar sabab o‘z lavozimini tark etadigan bo‘ldi.

Jamoa Superligada oxirgi to‘rtta turdan buyon g‘alaba qozona olmayapti. Qolaversa, kubok doirasida “Nasaf” klubiga yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrashdi. Bu natijalar inobatga olinib, “Manchester Yunayted” klubi sobiq futbolchisi, rossiyalik mutaxassis Kanchelskis bosh murabbiylikdan chetlatildi.

Tramp qanday qilib Eron bilan “eng yaxshi do‘st” bo‘lmoqchi?

AQSH Prezidenti Donald Tramp “eng yaxshi do‘sti” Eron agar yadro qurolidan voz kechsa eng boy mamlakatga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Barselona” ushbu yozda sotib olishi kerak bo‘lgan 4 superfutbolchi

Kataloniyaning “Barselona” klubi ushbu yozgi transferlar vaqtida qaysi futbolchilarni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kerak? Ayni paytda ko‘plab nashrlar bu borada turlicha fikrlarni taqdim qilmoqda.

QALAMPIR.UZ nashri keyingi mavsumda “Barselona” klubiga katta yordam bera olishi mumkin bo‘lgan 4 futbolchi haqida tahlil tayyorladi.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova Donal'd Tramp Barselona Greguar Manja

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing