Gruziya parlamentining Prezidentga kuchi yetmadi
Olam
−
18 Oktabr 2023
7928Gruziya parlamenti Prezident Salome Zurabishvilini lavozimidan chetlata olmadi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezidentga impichment e’lon qilish qarorini mamlakat parlamentining 86 nafar deputati qo‘llab-quvvatlagan.
Impichmentni amalga oshirish uchun esa 100 nafar deputatning ovozi talab qilinardi. Bunga ovoz berish jarayonida parlament muxolifati vakillarining ishtirok etmagani ham sabab qilib ko‘rsatilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi mamlakat Prezidenti Salome Zurabishviliga qarshi impichment jarayonini boshlagan edi.
Mamlakat rahbari bunga o‘z munosabatini bildirar ekan: “Men hech qayerga ketmayman. O‘ylaymanki, barcha mening iste’foyim haqidagi orzusini unutishi kerak. Men shu yerdaman, chunki bu mening eng oliy konstitutsiyaviy burchimdir”, degandi.
Shundan so‘ng, Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvilining impichmentiga aloqador hujjatlar mamlakat Konstitutsiyaviy sudiga topshirilgan.
Oktyabr oyi boshida Gruziya Konstitutsiyaviy sudi respublika Prezidenti Salome Zurabishvilining hukumat ruxsatisiz xorijga tashrifi tufayli qonunchilikni buzgani haqidagi konstitutsiyaviy taqdimnomani ko‘rib chiqishni boshladi.
Sud uch kunga cho‘zildi va unda Salome Zurabishvili yutqazgan edi.
LiveBarchasi