Gretsiyada barcha maktab va bog‘chalar yopildi

Olam

image

Gretsiyada koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sababli, bugun, 14 noyabrdan boshlab, barcha maktablar va bolalar bog‘chalarining ishi vaqtincha to‘xtatib turiladi

Gretsiya Sog‘liqni saqlash vaziri Vasilis Kikiliasning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi maktablar 30 noyabrgacha yopiladi.

“Boshlang‘ich maktablarni yopish bizning oxirgi choramiz edi. Bu vaziyat ancha jiddiy ekanini anglatadi”, deya tushuntirgan vazir. 

Ma’lumot o‘rnida, Gretsiyadagi o‘rta ta’lim muassasalarida allaqachon an’anaviy o‘qish to‘xtatilgan. Mamlakatda o‘tgan dushanba kunidan boshlab, o‘qish masofadan amalga oshirilmoqda.

Avvalroq, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat keskinlashayotgani sababli Gretsiyada 7 noyabrdan 30 noyabrgacha umumiy karantin joriy qilingani haqida xabar bergandik. 

Bu pandemiya boshlanganidan beri Gretsiyada joriy etilayotgan ikkinchi karantin hisoblanadi. Birinchisi mart-aprel oylarida amalda bo‘lgan.

Gretsiyada 69 ming 675 kishi koronavirusga chalingan. 997 kishi vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

maktab Gretsiya karantin

Baholaganlar

67

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing