Bolgariya qirğoqlari yaqinida Gretsiya kemasiga dengiz dronlari hujum qildi
Olam
−
12:30 339 2 daqiqa
Qora dengizda Bolgariya qirğoqlari yaqinida Liberiya bayroği ostida harakatlanayotgan Gretsiya konteyner taşuvçi kemasiga uçta dengiz droni hujum qildi. Bu haqda DW xabar berdi.
Qayd etilişiça, hodisa keça, 28 oktyabr kuni Bolgariyaning iqtisodiy zonasida, Şabla şahrining janubi-şarqida, qirğoqdan taxminan 39 kilometr uzoqlikda sodir bölgan. Contship Jet nomli kema Ruminiyaning Konstansa porti tomon yöl olgan.
Ma’lumotlarga köra, dengiz dronlari haqidagi xabar mamlakat hududi yaqinida Qora dengizning ğarbiy qismida parvoz qilayotgan Fransiya dengiz patrul aviatsiyasi samolyotidan kelib tuşgan. Şundan söng, Bolgariya harbiy-dengiz kuçlari kemadagi barça 18 nafar ekipaj a’zosini qutqariş operatsiyasini ötkazgan.
Ma’lum qilinişiça, konteyner taşuvçi kema Isroilning Hayfa portidan yölga çiqqan. Hozirça hujum uçun kim javobgar ekani ma’lum emas.
Hodisadan söng Sofiyada Bolgariya, Ruminiya va Turkiya Mudofaa vazirlari hamda Qurolli kuçlar boş ştablari rahbarlari iştirokida favqulodda uçraşuv bölib ötgan. Unda Qora dengizda fuqarolik kemalari harakati xavfsizligi muhokama qilingan.
Ma’lumot uçun, sönggi haftalarda Bolgariya qirğoqlari yaqinida kamida oltita savdo kemasi hujumga uçragan. Ukraina bu hujumlar uçun Rossiyani ayblamoqda. Bolgariya Boş vaziri Rumen Radev ham hujumlar Rossiya manfaatlariga mos kelişi mumkinligini aytgan. Moskva esa bu hodisalarga aloqadorligini rad etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qora dengizda, Bolgariya qirğoqlari yaqinida ikkita savdo kemasiga hujum qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi27 Oktyabr