Bolgariya tarixida ilk bor ayol prezident saylandi
Olam
−
09:59 832 1 daqiqa
Bolgariyada prezidentlik saylovining ikkinçi turida amaldagi davlat rahbari Iliana Yotova ğalaba qozondi. Saylov byulletenlarining 99,68 foizi hisoblab çiqilgaç, Iliana Yotova hamda uning vitse-prezidentlikka nomzodi Kiril Valçev 57,66 foiz ovoz töplagani ma’lum böldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Ularning raqiblari – sobiq boş vazir Andrey Gyurov va Georgiy Kandev 39,38 foiz ovoz olgan. Saylovçilarning 2,96 foizi esa nomzodlarning heç birini qöllab-quvvatlamagan.
Andrey Gyurov va Georgiy Kandev saylovdagi mağlubiyatini tan olgan. Sobiq boş vazir natijalar ekzitpol va parallel ovoz hisoblaş jarayonida kutilganidan farq qilgan bölsa-da, Bolgariya fuqarolari şunday tanlov qilganini aytgan.
Ma’lumot uçun, Iliana Yotova 2017 yildan buyon Bolgariya vitse-prezidenti lavozimida işlab kelgan. Prezident Rumen Radev muddatidan oldin iste’foga çiqqaç, uning vakolatlari Yotovaga ötgan. Şu tariqa, u Bolgariya tarixidagi ilk ayol prezidentga aylangan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Peruda Keyko Fuximori prezident sifatida qasamyod qilgan va şu bilan mamlakatda ilk bor ayol davlat rahbari lavozimni egallagan edi.
Live
Barchasi01 Noyabr