Bolgariyada dahşatli YTH: 86 ta avtomobil töqnaşdi, 12 kişi halok böldi (video)

Olam

−

image

Bugun, 10 noyabr kuni ertalab Bolgariyaning “Trakiya” avtomagistralida, Yambol yaqinida ikkita ommaviy yöl-transport hodisasi yuz berdi. Hodisa oqibatida 12 kişi halok böldi, önlab odamlar jarohatlandi. Bu haqda mamlakat Soğliqni saqlaş vaziri Katya Ivkovaga tayanib “24 çasa” naşri xabar qildi. 

Uning sözlariga köra, ön kişi voqea joyida halok bölgan, yana ikki kişi şifoxonada vafot etgan. Tibbiyot muassasalariga jami 46 nafar jarohatlanganlar yetkazilgan. Bir neça kişi reanimatsiyada qolmoqda.

Birinçi töqnaşuv mahalliy vaqt bilan soat 7:10 atrofida trassaning Burgas yönalişidagi qismida yuz bergan. Köp ötmay, avtomagistralning qarama-qarşi tomonida – mamlakat poytaxti Sofiya yönalişida ham avtomobillar töqnaşa boşlagan. Hududda qoronği va qalin tuman bölgan.

Bolgariyaning “Sega” naşri ma’lumotlariga köra, avariyalarda 86 ta transport vositasi, jumladan, yengil maşinalar, mikroavtobuslar va oğir yuk maşinalari iştirok etgan.

Odamlarning bir qismi şikastlangan avtomobillar içida qisilib qolgan. Ularga yetib boriş uçun qutqaruvçilarga yöl tösiqlarining bir qismini demontaj qilişga töğri kelgan. Operatsiyaga qöşni viloyatlarning favqulodda xizmatlari va harbiylar jalb etilgan.

Magistral ikkala yönalişda ham yopilgan, transport vositalari aylanma yöllarga yönaltirilgan. Oğir yaradorlarni Sofiya şifoxonalariga yetkaziş uçun harbiy va hukumat samolyotlari tayyorlangan.

Avariyaning dastlabki omillari sifatida köriş darajasining keskin yomonlaşişi, nam yöl va harakatlaniş şaroitiga mos kelmaydigan tezlik aytilmoqda. Yakuniy sabablar aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing