Green Card'ga anketa to‘ldirish qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image
Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang: Green Card natijalarini qanday aniqlash mumkin? north_east

Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang: Green Card natijalarini qanday aniqlash mumkin?

AQSHning “Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – DV” (Green Card) dasturida qatnashish uchun anketa to‘ldirishning navbatdagi muddati 2 oktyabrdan 5 noyabrgacha davom etadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.

Bu yil AQSH hukumati dastur uchun 55 ming viza ajratganini ma’lum qildi. Anketa to‘ldirish Toshkent vaqti bilan 2 oktyabr soat 21:00 dan 5 noyabr soat 21:00 gacha davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish bepul, biroq tanlab olingan nomzodlar suhbatga chaqirilganda, rasmiy viza arizasini topshirishdan oldin viza uchun to‘lov to‘lashlari kerak bo‘ladi.

Har yili AQSH hukumati dastur doirasida ma’lum miqdorda doimiy yashash huquqini beruvchi vizalar ajratadi. Vizalar so‘nggi besh yil ichidagi AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari asosida 6 mintaqaviy hudud orasida taqsimlanadi. Bunda AQSHga immigratsiya ko‘rsatkichlari past bo‘lgan hududlarga ko‘proq viza miqdori belgilanadi. Vizaga murojaat etuvchilar kompyuter orqali amalga oshiriladigan tasodifiy tanlov lotereyasi yordamida saralanadi. Shaxsning ismi lotereyada tanlanishi unga immigratsion vizaga murojaat etish jarayonining keyingi bosqichlarini o‘tish imkoniyatini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Green Card

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made