Firibgarlar tuzog‘iga tushib qolmang: Green Card natijalarini qanday aniqlash mumkin?

Bu qiziq

image

Bugun, 4 maydan boshlab Green Card lotereyasi o‘yinida ariza holatini tekshirish mumkin bo‘ladi. Bugun kimdir “Amerika orzusi”ga erishsa, kimningdir esa omadi chopmaydi. 

Xo‘sh, lotoreya natijalarini qayerda va qanday tekshirish, firibgarlarning tuzog‘iga tushib qolmaslik uchun nimalar qilish kerak?

Natijalarni qayerda tekshirish mumkin?

Har bir ishtirokchi Amerika immigratsion vizasini olish imkoniyatini yutganmi yoki yo‘qmi, mustaqil ravishda aniqlashi mumkin. Siz maqomingizni https://dvprogram.state.gov manzili orqali AQSH Davlat departamenti veb-saytining maxsus bo‘limida tekshirishingiz mumkin.

Buni qanday qilish kerak?

Sayt havolasiga kirgandan so‘ng "Statusni tekshirish" tugmasini bosing. Tekshirish uchun siz lotereya ishtirokchisining tasdiqlash raqamini kiritishingiz kerak, shuningdek ochilgan oynada arizachining familiyasi va tug‘ilgan yilini ko‘rsatishingiz kerak.

Tekshirishning boshqa usullari bormi?

Bu lotereya natijalari haqida bilishning yagona yo‘li. Davlat departamenti sizga elektron pochta yoki oddiy xat yubormaydi.

Xususiy kompaniyalardan ariza to‘ldirsa nima bo‘ladi?

Green Card'ga qanday murojaat qilganingiz muhim emas: anketalarni kompaniyalar va tashkilotlar yordamida yoki mustaqil ravishda to‘ldirishning farqi yo‘q.

Shuningdek, ular Davlat departamenti veb-saytining o‘sha bo‘limidagi ishtirokchining tasdiqlash raqamidan foydalanib natijalarni tekshiradi. Agar buni o‘zingiz tekshira olmasangiz, arizangizni topshirgan kompaniyalarning xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin.

Tasdiqlash raqamini yo‘qotib qo‘ysa nima qilish kerak?

Lotereyada ishtirok etish holatini tekshirish elektron tizimining veb-saytida https://dvprogram.state.gov/ESC/CheckStatus.aspx ni tasdiqlash raqamingizni tiklashingiz mumkin.

Buning uchun siz “Tasdiqlash raqamini unutdingizmi” tugmasini bosishingiz va ro‘yxatdan o‘tish paytida ko‘rsatgan shaxsiy ma’lumotlaringizni va elektron pochta manzilingizni kiritishingiz kerak bo‘ladi.

Agar men Green Card yutganim haqida pochta orqali xat olsamchi?

Agar arizangiz lotereyada yutgani haqida elektron pochta xabarnomasini olsangiz, bu firibgarlik bo‘lish ehtimoli 99,9 foizga teng.

Firibgarlar sizdan aldov yo‘li bilan pul ishlashni xohlaydi, chunki xatda ular odatda sizdan o‘z hisob raqamlariga har qanday mablag‘ni o‘tkazishingizni talab qilishadi.

Shuni esda tutish kerakki, rasmiy muassasa hech qachon pul o‘tkazmalarini amalga oshirishni talab qilmaydi.

Siz faqat Davlat departamentidan o‘z holatingizni tekshirishingiz mumkinligini eslatuvchi elektron xat olishingiz mumkin.

Lotereya yutib olishdan tashqari AQSHga immigratsiya qilish uchun qo‘shimcha talablar bormi?

Shuni ham tushunish kerakki, Green Card'ni yutib olish to‘g‘risida bildirishnoma olish ariza beruvchilarga viza olishiga kafolat bermaydi. Qo‘shma Shtatlarga borish uchun siz immigratsion vizaga da’vogarlar uchun barcha talablarga javob berishingiz kerak.

DIQQAT!

Tekshirishni istagan odamlarning ko‘pligi sababli, ba’zida www.dvprogram.state.gov veb-sayti ochilmasligi yoki qotib qolishi mumkin. Shuning uchun uni qayta ishga tushirib, yana tekshiring.

Green Card lotereyasi g‘oliblari Amerikada qonuniy yashash huquqini qo‘lga kiritadi.

Har yili AQSH Davlat departamenti AQSHda tarixan immigratsiya darajasi past bo‘lgan mamlakatlarga Green Card beradi. Dasturda har yili butun dunyodan 14 millionga yaqin odam qatnashadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2023 yilda Green Card orqali AQSH vizasini olish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Green Card lotoreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing