O‘zbekistonliklarga “Green Card” bo‘yicha viza berish to‘xtatildi

Olam

image

Bugun, 30 dekabrdan boshlab AQSH Turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi bo‘yicha vizalar berishni to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

“Hozirdan e’tiboran, AQSH Davlat Departamenti turli millatga mansub immigrantlar vizasi (DV) dasturi bo‘yicha barcha vizalar berilishini to‘xtatib qo‘ydi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, DV dasturi murojaatchilari vizaga ariza topshirishi va suhbatdan o‘tishi mumkin, AQSH Davlat Departamenti o‘z navbatida suhbat sanasini belgilashda davom etadi, biroq DV vizalari berilmaydi.

“DV dasturi bo‘yicha belgilangan suhbat sanalari boshqa sanaga ko‘chirilmaydi yoki bekor qilinmaydi. AQSH Davlat Departamenti murojaatchilarni xabardor qilib borishga intiladi hamda qo‘shimcha yangilik bo‘lishi bilanoq jamoatchilikka taqdim etadi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Braun universiteti va MIT’da sodir etilgan otishmalar fonida AQSH Prezidenti Donald Tramp joriy yilning 18 dekabr kuni “grin karta” lotereya dasturini to‘xtatgandi. Tramp topshirig‘iga binoan, AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) mazkur dasturni vaqtincha to‘xtatgan. Qaror Braun universitetida otishma sodir etganlikda gumonlangan shaxs ushbu dastur orqali mamlakatga kelgani sababli qabul qilingan.

Qayd etish joiz, ushbu hujum oqibatida o‘zbekistonlik 2007 yilda tug‘ilgan, biokimyo va neyrobiologiya yo‘nalishlarida ikki mutaxassislikni birgalikda o‘qiyotgan Muxammadaziz Umurzoqov halok bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

viza Green Card Turli millatga mansub immigrantlar vizasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing