Germaniyadagi O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish harakati boshlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi konsullik okrugi hududida bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, kecha, 16 mart kuni Frankfurt-Mayn shahridan (Germaniya) charter reyslarini tashkil etish uchun O‘zbekistonga qaytmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risida ma’lumot to‘plash boshlandi.

Shu munosabat bilan Bosh konsulxona qiziqish bildirgan fuqarolardan quyidagi ma’lumotlarni  [email protected] va [email protected] elektron pochta manzillariga yuborishni so‘raydi.

1. O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining nusxasi.
2. Hozirda bo‘lib turgan joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
3. Uzbekistan Airways AJning Toshkent shahriga reysi uchun amaldagi aviachipta nusxasi (mavjud bo‘lsa).

Charter reysi vaqti va parvoz shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Bog‘lanish ma’lumotlari:

S.Kamilov - konsul, tel.: +49 (30) 394 098 – 17;
M.Azimov - birinchi kotib (turistik kompaniyalari uchun), tel.: +49 (30) 394 098 – 13;
Sh.G‘ulomov - attashe, tel.: +49 (30) 394 098 – 30;
N.Mamajanov - konsul, tel.: +49 173 888 73 72;
Frankfurt-Mayndagi Uzbekistan Airways AJ vakolatxonasi, tel.: +49 172 699 34 04; +49 172 699 34 02; +49 172 699 34 01.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni soat 06:00 da qayd etildi. Ushbu virusni yuqtirib olgan bemor – oliy toifali shifokor  11 mart kuni Fransiyadan qaytgan bo‘lgan. Ayni vaqtda ushbuvirusni yuqtirib olgan bemorlar soni 8 nafarga yetdi. 

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 182 609 kishi koronavirusga chalingan. Shundan, 7171 nafar bemor vafot etgan, 79 883 nafar bemor xastalikdan forig‘ bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar, koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sabab vahima ko‘tarishga asos yo‘q. Virusni yuqtirib olmaslik uchun sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya karantin

Baholaganlar

111

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing