Germaniya Usmonovning qariyb $600 mlnlik yaxtasini musodara qildi – “Forbes”
Olam
−
03 mart 2022
21686Germaniya hukumati rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning qariyb 600 million dollarlik yaxtasini musodara qildi. Bu haqda kecha, 2 mart kuni “Forbes” jurnali manbalarga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, 156 metrlik Dilbar yaxtasi Germaniya shimolidagi Gamburg shahrida musodara qilingan.
Yevropa Ittifoqi 28 fevral kuni mamlakat siyosatchilari, jurnalistlari, madaniyat arboblariga, jumladan USM xolding asoschisi va eng yirik aksiyadori Alisher Usmonovga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Ularning barchasiga Yevropa Ittifoqiga kirish taqiqlangan, agar ular jamiyat hududida topilsa, aktivlari muzlatiladi, deyiladi hujjatda.
Avvalroq Alisher Usmonov Yevropa Ittifoqi o‘ziga nisbatan sanksiyalar joriy qilgani yuzasidan fikrlarini bildirgandi.
“28 fevral kuni Yevropa Ittifoqi menga nisbatan sanksiyalarni joriy qildi. Buni adolatsiz qaror deb bilaman va sanksiyalarni oqlaydigan sabablar mening sha’nim, qadr-qimmatim hamda ishchanlik obro‘-e’tiborimni kamsituvchi yolg‘on ayblovlardir. Men o‘z sha’nim va obro‘yimni himoya qilish uchun barcha qonuniy vositalardan foydalanaman”, degan Alisher Usmonov bayonotida.
LiveBarchasi