Germaniya Ukrainaga qurol uchun 150 mln yevro ajratadi

Olam

image

Germaniya Ukraina uchun AQSH qurollarini xarid qilishni nazarda tutuvchi PURL (Prioritized Ukraine Requirements List) tashabbusi doirasida kamida yana 150 million yevro ajratadi. Bu haqda Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius Berlinda Germaniya, Britaniya, Polsha, Italiya va Fransiya Mudofaa vazirlari ishtirok etgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Bu kuzda Germaniya allaqachon 500 million yevrolik yirik PURL paketini moliyalashtirish majburiyatini olgan edi. Kecha biz qisqa muddat ichida yana bir paketda ishtirok etishga kelishib oldik. Kecha men NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan bog‘landim. Biz kamida 150 million yevro miqdoridagi navbatdagi paketda ham qatnashishga tayyor ekanimizni bildirdik”, deydi Pistorius.

Ma’lumot uchun, joriy yilning avgust oyi boshida Ukraina Mudofaa vaziri Denis Shmigal AQSH va NATO PURL tashabbusi orqali Ukrainani qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmini ishga tushirayotganini, bu tashabbus a’zo davlatlarning ko‘ngilli badallari hisobiga qurol-aslahani tez yetkazib berishni ko‘zda tutishini aytgan. 2 sentyabr kuni Ryutte NATO davlatlari PURL doirasida AQSHdan Ukraina uchun 2 milliard dollarga o‘limga olib keluvchi va mudofaa qurollarini xarid qilganini ma’lum qilgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Norvegiya 2026 yilda Ukrainaga qarib 8,5 milliard dollar ajratmoqchi ekani, shundan 6,9 milliard dollari harbiy yordam doirasida bo‘lishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya AQSh Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing