Germaniya Trampning g‘alabasiga tayyor emas

Olam

image
Tramp yo Bayden: dunyo Oq uyda kimni ko‘rmoqchi? north_east

Tramp yo Bayden: dunyo Oq uyda kimni ko‘rmoqchi?

Bugun, 4 noyabr kuni Bundestag tashqi siyosat qo‘mitasi raisi, Xristian-Demokratik Hamjamiyat raisi lavozimiga nomzod Norbert Ryottgen Germaniya Donald Trampning Qo‘shma Shtatlardagi yana to‘rt yillik prezidentligiga tayyor emasligini, amaldagi Amerika rahbarining joriy saylovlarda g‘alaba qozonishi Germaniya uchun jiddiy muammo bo‘lishini e’lon qildi.

 

“Germaniya Tramp bilan yana to‘rt yil ishlashni istamayapti. Trampning ikkinchi muddatga saylanishi bizni jiddiy sinovlarga chorlaydi, biz unga hali tayyor emasmiz”, - deb yozadi Ryottgen o‘zining Twitter sahifasida.

Ma’lumot o‘rnida, Amerika Qo‘shma Shtatlarida saylovlarda ovoz berish jarayoni yakunlandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident, respublikachi Donald Trampdan 238-213 ovoz bilan oldinda bormoqda. Saylovda g‘alaba qozonish uchun 270 ta ovoz to‘plash kerak.

Farruxjon Murodqulov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Germaniya Tramp

Baholaganlar

154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing