Germaniya ham Ukrainaga o‘zi bergan qurollardan Rossiyaga zarba berishda foydalanishga ruxsat berdi

Olam

image

Germaniya hukumati Ukraina Qurolli kuchlariga berilgan qurollardan foydalanish bilan bog‘liq cheklovlarni bekor qildi. Bu haqda Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebstreyt ma’lum qildi.

“Ukrainaga, xususan, Xarkov viloyatida Rossiya chegarasiga bevosita tutash zonadagi pozitsiyalardan hujum qilindi. Ishonchimiz komilki, Ukraina xalqaro huquq bo‘yicha o‘zini bu hujumlardan himoya qilish huquqiga ega. Kiyev bu maqsadda yetkazib berilgan qurollardan, jumladan, bizdan yetkazib berilganlardan o‘zining xalqaro-huquqiy majburiyatlariga muvofiq foydalanishi mumkin”, deydi Xebstreyt.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga Rossiya Federatsiyasidagi "Xarkov yaqinida joylashgan" nishonlarga Amerika qurollari bilan zarbalar berish uchun yashirincha ruxsat bergani xabar berilgandi. Daniya Tashqi ishlar vaziri Lars Lokke Rasmussen Ukraina oladigan F-16 qiruvchi samolyotlaridan Rossiya ichidagi harbiy nishonlarga zarba berish uchun foydalanishi mumkinligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made