G‘azoning kelajagini belgilash Isroilga emas – Fransiya

Olam

image

Falastin hududi bo‘lgan G‘azo sektorining kelajagini Isroil belgilab berishi kerak emas. Xalqaro huquq tamoyillariga qaytish zarur. Bunday fikrni Fransiya Tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna CNN telekanaliga bergan intervyusida bildirdi.

U Isroil siyosatchilari va rasmiylarining G‘azo sektori aholisini majburiy ko‘chirilishi haqidagi so‘nggi bayonotlarini “mas’uliyatsizlik” deb atagan.

“Bunday suhbatlar faqat tomonlarni to‘g‘ri qaror chiqarishdan chalg‘itadi", deydi Tashqi ishlar vaziri.

Shu bilan birga, Kolonna ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlagan.

“Isroil xalqaro qonunlarga muvofiq tinch aholini himoya qilishi kerak. Sodir etilgan jinoyatlar uchun fuqarolar javobgar emas va ular himoya qilinishi kerak”, deya qo‘shimcha qilgan Kolonna.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning o‘ta o‘ngchi Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va Moliya vaziri Betsalel  Smotrich “G‘azo aholisining mintaqadan ixtiyoriy migratsiyasini qo‘llab-quvvatlashini” aytgan edi. Ikki vazirning bu kabi bayonotlari AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Saudiya Arabistoni, BMT va Yevropa Ittifoqi kabi dunyoning ko‘plab davlatlarida norozilik uyg‘otdi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron esa Isroilni “ayniqsa Livanda” keskinlashuvdan qochishga chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Falastin Isroil G'azo Katrin Kolonna

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing