G‘azodagi qurbonlar soni 33 mingdan oshdi
Olam
−
04 aprel
3389Isroilning G‘azo sektoriga harbiy hujumi boshlanganidan beri halok bo‘lgan falastinliklar soni 33 mingdan oshdi, jarohat olganlar esa 75 mingdan ko‘p. Bu haqda Falastin anklavining Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi.
“O‘tgan yilning oktyabr oyidan beri Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni 33 037 nafarga yetdi, 75 668 kishi jarohat oldi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilishicha, o‘tgan 24 soat ichida anklavda 62 kishi halok bo‘lgan va 91 kishi jarohatlangan. Ayrim halok bo‘lganlarning jasadlari vayronalar ostida qolgani, shifokorlar ularga hali yetib bora olmayotgani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2023 yil 7 oktyabrda G‘azo sektoridan Isroil hududiga HAMAS harakatining kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlarida yashovchi odamlarning o‘ldirilishi va 240 dan ortiq asirning garovga olinishi oqibatida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Ular bu hujumni Isroil rasmiylarining Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi. O‘z navbatida, Isroil G‘azoning to‘liq blokadasini e’lon qildi hamda Livan va Suriyaning bir qator hududlariga zarbalar berishni boshladi. Shundan so‘ng anklavda Isroilning quruqlikdagi operatsiyasini boshladi. To‘qnashuvlar G‘arbiy Sohilda ham sodir bo‘lmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil hujumi oqibatida World Central Kitchen (WCK) xalqaro xayriya tashkilotining yetti nafar xodimi halok bo‘lgandi, AQSH esa Isroilga qo‘shimcha qurollar partiyasini yetkazib berishga rozi bo‘lgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi