Garri va Megan Qirollik oilasiga a’zolik maqomidan butunlay voz kechdi

Olam

image
Gersog va gersoginya Garri va Megan Britaniya Qirollik oilasiga a’zolik maqomidan va unga qo‘shib berilgan qirollik vazifalaridan butunlay voz kechdi. Bu haqda Bukingem saroyi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Garri buvisi qirolicha Yelizaveta II bilan suhbatda buni tasdiqlagan. Saroydagilar bu qarordan afsusda ekanini aytib, shahzoda va malika aziz va sevimli bo‘lib qolishiga ishonch bildirgan.

Xabarga ko‘ra, Garri va Megan qirollik oilasi a’zolari sifatida homiylik qilgan faxriy harbiy tayinlovlari hamda xayriya, sport va ta’lim loyihalari Yelizaveta II ga qaytadi.

Ma’lumot o‘rnida, Uels shahzodasi Charlzning kenja o‘g‘li Garri 2017 yil noyabr oyida amerikalik ajrashgan aktrisa Megan Markl bilan unashtirilgan. Ularning to‘yi 2018 yil 19 may kuni Vindzorda bo‘lib o‘tdi. Bir yil o‘tgach, ular Archi ismli o‘g‘il ko‘rdi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda Garri va uning rafiqasi qirollik oilasi bilan kelishgan holda “Zoti oliylari” unvoniga va SussexRoyal brendiga bo‘lgan huquqlaridan mahrum bo‘lib, rasmiy qirollik vazifalaridan voz kechganliklarini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular buni moliyaviy mustaqillikka erishish uchun qilgan. Ushbu qaror 2020 yil mart oyida kuchga kirdi. Shahzoda bir yil ichida fikrini o‘zgartirishga haqli edi.

Maqola muallifi

Teglar

Britaniya Qirollik oilasi Garri Megan

Baholaganlar

115

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing