G‘arb Rossiyaga tahdid qilsa, Belarus urushga kiradi – Lukashenko
Olam
−
09 Sentabr 2020
11629Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko G‘arb davlatlari Rossiyaga tahdid qilsa, Belarus urushga kirishini ma’lum qildi. Belaruslar yetakchisi rossiyalik jurnalstlar bilan suhbat vaqtida shunday fikr bildirgan.
“Agar kimdir Belarus orqali yoki uning oldidan Rossiyaga tahdid qilsa, belarus armiyasi, 60 ming askar urushga kiradi”, degan Lukashenko.
U shuningdek, Rossiya ham shunday qilishini, bu Ittifoqchi dalvat rejasida belgilanganini ta’kidlab o‘tdi.
“Rossiya biz bilan g‘arbiy yo‘nalishdagi tahdidlarni biz bilan qaytaradi. Bu bizning hudud”, degan Prezident.
Belarus Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, u va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida ba’zi sohalarda fikrlar qarama-qarshiligi yuzaga kelishi mumkin, ammo xavfsizlik masalasida emas.
Avvalroq, Belarus yetakchisi Rossiyaga tashrif buyurishi va Putin bilan uchrashishi haqida xabar bergan edik. Uchrashuv vaqtida Lukashenko Putindan Rossiya oldidagi davlat qarzini uzish masalasida yengillik berishini so‘rash niyatida.
LiveBarchasi