Mariya Kolesnikova qayerda saqlanayotgani ma’lum qilindi

Olam

image

Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi a’zosi Mariya Kolesnikova hibsga olingan va hozirda Minskning Volodarskiy ko‘chasidagi tergov izolyatorida saqlanmoqda. Bu haqda TASS yozmoqda

"Ichki ishlar boshqarmasi bosh tergov bo‘limi tergov guruhi rahbari Vasilyuk menga qo‘ng‘iroq qilib, uning hibsga olingani to‘g‘risida xabar berdi. U “peredacha” olib kelishim mumkinligini aytdi", deydi Mariyaning otasi Aleksandr Kolesnikov.

Shu bilan birga, Belarus Davlat chegara qo‘mitasi Kolesnikovaning xatti-harakatlariga huquqiy baho berilishini ma’lum qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi Rayosati a’zosi Mariya Kolesnikova Minsk markazida g‘oyib bo‘lgan edi. Oradan bir kun o‘tib, Belarus davlat chegara xizmati Mariya Kolesnikova Ukraina bilan chegarada hibsga olinganligini tasdiqladi

BELTA nashrining yozishicha, Kolesnikova Belarusni noqonuniy ravishda tark etishga uringan. Uning hamkasblari - Muvofiqlashtirish kengashining Matbuot kotibi Anton Rodnenkov va Kengash a’zosi Ivan Kravsov tunda chegarani muvaffaqiyatli kesib o‘tgan. Ayni paytda ular Ukrainada. 

“Euronews”ning yozishicha, Mariya Kolesnikova Ukraina chegarasini kesib o‘tmagan, chunki u Belarusdan majburan olib chiqilmoqchi bo‘lganida, pasportini yirtib tashlagan.  

Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenkoga ko‘ra, ikki muxolifatchi Rodnenkov va Kravsovning mamlakatdan chiqib ketishi ixtiyoriy bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Kolesnikova

Baholaganlar

106

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing