Mariya Kolesnikovani so‘roq qilish boshlandi

Olam

image

Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi a’zosi Mariya Kolesnikova hokimiyatni egallashga harakatda ayblanib, hibsga olingani haqida xabar bergan edik. Bugun, 10 sentyabr kuni Minskdagi tergov izolyatorida Mariya Kolesnikovani so‘roq qilish boshlandi. Bu haqda TASS yozmoqda. 

"Soat 10:00 da Mariya Kolesnikovani tergov izolyatorida so‘roq qilish boshlandi", deydi sobiq prezidentlikka da’vogar Viktor Babariko Matbuot xizmati. 

Belarus Tergov qo‘mitasi Kolesnikova hokimiyatni egallab olishga harakatda ayblanib hibsga olinganini tasdiqladi. 

Ma’lum qilinishicha, Muxolifat Muvofiqlashtirish kengash Prezidiumi a’zosi Maksim Znak va tashkilot shtab-kvartirasining advokati Ilya Saley ham hibsga olingan. Kolesnikovaning advokati Lyudmila Kazakning ta’kidlashicha, himoyachi o‘zi tanlagan ehtiyot chorasi ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 sentyabr kuni Belarus Muxolifati Muvofiqlashtirish kengashi Rayosati a’zosi Mariya Kolesnikova Minsk markazida g‘oyib bo‘lgan edi. Oradan bir kun o‘tib, Belarus davlat chegara xizmati Mariya Kolesnikova Ukraina bilan chegarada hibsga olinganligini tasdiqladi

BELTA nashrining yozishicha, Kolesnikova Belarusni noqonuniy ravishda tark etishga uringan. Uning hamkasblari - Muvofiqlashtirish kengashining Matbuot kotibi Anton Rodnenkov va Kengash a’zosi Ivan Kravsov tunda chegarani muvaffaqiyatli kesib o‘tgan. Ayni paytda ular Ukrainada. 

“Euronews”ning yozishicha, Mariya Kolesnikova Ukraina chegarasini kesib o‘tmagan, chunki u Belarusdan majburan olib chiqilmoqchi bo‘lganida, pasportini yirtib tashlagan.  

Ukraina Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Anton Gerashchenkoga ko‘ra, ikki muxolifatchi Rodnenkov va Kravsovning mamlakatdan chiqib ketishi ixtiyoriy bo‘lmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mariya Kolesnikova

Baholaganlar

115

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing