“G‘arb qayta-qayta Putinning oddiy tuzog‘iga tushib qoladi”. Qamoqdagi Navalniy tilga kirdi
Olam
−
19 yanvar 2022
15403G‘arb muntazam ravishda Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning oddiy tuzog‘iga tushmoqda. Bu haqda Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy “Time” jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“G‘arb qayta-qayta Putinning oddiy tuzog‘iga tushib qoladi. U hozirgi kabi bema’ni – Bayden bilan xonada o‘tirib, Yevropa taqdirini hal qilish talabini qo‘yadi, xuddi tashqarida 1944 yil deb o‘ylab. Va agar AQSH rozi bo‘lmasa, u “biror nima uyushtiradi.
Qo‘shma Shtatlar bu bema’nilikka e’tibor bermaslik o‘rniga, Putinning kun tartibini qabul qilib, qandaydir uchrashuvlar uyushtirishga shoshadi. Xuddi o‘rta maktab o‘quvchisidan qo‘rqqan o‘quvchi kabi. Va ular: “Agar biror narsa uyushtirsangiz, biz qattiq sanksiyalar kiritamiz”, deyishadi”,degan Navalniy intervyu davomida hozir Vashington va Moskva o‘rtasida borayotgan muzokaralarga munosabat bildirib.
“Putinga aynan shu narsa kerak. Axir, aksincha taxmin qilinadi: agar siz Ukrainaga hujum qilmasangiz, unda biz sanksiyalar qo‘llamaymiz. Sizda qamchi emas, sabzi bo‘ladi. Kombinatsiya tugallandi: Putin o‘z do‘stlariga qarshi deyarli qabul qilingan sanksiyalardan qo‘rqmasligi mumkin. Bayden ma’muriyati avvaliga Kongressni ularni keyinga qoldirishga ko‘ndirgan, endi esa ularni butunlay bekor qilishadi. Ular Putinga sabzi va’da qilishgan-ku. Endi qanday sanksiyalar haqida gap bo‘lishi mumkin?
Bunday “ikki xil harakat qilish” oddiy va ravshan, ammo Putin ularni amerikacha yurish bilan qayta-qayta mot qilayotgani hayratlanarli: mojaro chiqarish tahdidi - savdo - orqaga qaytish, mojaro chiqarish tahdidi - savdo - orqaga qaytish. Buni kuzatsam, bu AQSHning tashqi siyosati emas, balki O.Genri hikoyasida ayyor tovlamachi (Putin) o‘zini juda aqlli deb hisoblagan qishloq qallobini (AQSH Davlat departamenti) aldab qo‘ygandek tuyuladi”, degan muxolifatchi Navalniy.
Ma’lumot uchun, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy 2020 yilning 20 avgustida Rossiyaning Tomsk shahrida zaharlanganidan so‘ng, Germaniyada 4 oy davolanib, 2021 yilning 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytgandi va aeroportning o‘zidayoq hibsga olingandi.
LiveBarchasi