Aleksey Navalniy Germaniyaga olib borildi
Olam
−
22 avgust 2020
10003Rossiyaning Omsk shahridan bortida muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy va nemis shifokorlari bilan uchgan samolyot Berlinga qo‘ndi.
Samolyot Omskdan Germaniya poytaxtigacha 6 soat parvoz qildi. Endilikda Aleksey Navalniy Charite shifoxonasiga yotqiziladi.
Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy Tomskdan Moskvaga uchayotganda tobi qochib, zudlik bilan Omskdagi shifoxonaga yotqizildi. U koma holatida. Shifokorlar dastlab uni Germaniyaga ko‘chirishga qarshilik qilgandi. Ammo kutilmaganda ular fikrini o‘zgartirib, bemorni istalgan shifoxonaga olib ketish mumkinligini aytdi.
Navalniyni olib ketish uchun reys “Tinchlik uchun kino” huquqni himoya qiluvchi jamg‘armasi tomonidan tashkil qilindi.
Navalniyga hamon aniq tashxis qo‘yilmagan. Yaqinlari u kuchli modda bilan zaharlanganini aytmoqda.
LiveBarchasi