G‘aniyev jurnalistlar bilan uchrashib, xolislik, haqqoniylik va to‘g‘rilik haqida ma’ruza qildi

Jamiyat

image

O‘tgan hafta oxirida ijtimoiy tarmoqlarda  ovozli yozuv tarqalgandi. Unda ovoz egasi Quva tumani hokimiga murojaat qilib, tumanda gaz va elektr energiyasi yo‘qligini videoga olib, uni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan blogerning nega haligacha janozasi o‘qilmaganini so‘raydi. Tuman hokimi esa Shuhrat Madaminovich deya murojaat qiladi. Ushbu ovozli yozuv hafta oxirida ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi va audio qahramoni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev ekani taxmin qilindi

 

Audioyozuv ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, Farg‘ona viloyati hokimligi Matbuot xizmati audiodagi ovoz Shuhrat G‘aniyevnikiga o‘xshatilganini iddao qilib chiqdi. Bugun esa Shuhrat G‘aniyev jurnalist va blogerlar bilan uchrashgan. O‘zAning yozishicha, G‘aniyev ushbu uchrashuvda internetda tarqalgan ovozga emas, aksincha jurnalistlarning kasb etikasiga munosabat bildirgan. 

“Mamlakatning taraqqiyotida ommaviy axborot vositalarining o‘rni katta. Shuning uchun ham bu kasb egalarini juda hurmat qilaman. Matbuot xolislik, haqqoniylik va to‘g‘rilikni talab qiladi. Bu mezonlarga amal qilgan jurnalistlarimiz turli uydirma va shov-shuvlarga uchmaydi. Shuni alohida ta’kidlamoqchimanki, hech qachon bir tomonlama manfaatlarni hisobga olmasligi kerak. To‘g‘ri, ba’zi bir tanqidiy chiqishlar kimlargadir yoqmasligi aniq. Rahbarlar jurnalist va blogerlar bilan muloqot qilishdan qochmasdan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Ko‘plab jurnalist va blogerlar chiqishlarini muntazam kuzatib boraman. Men birorta blogerga ustunlik bermoqchi emasman”, degan G‘aniyev.

Eslatib o‘tamiz, Shuhrat G‘aniyevga Prezident Administratsiyasi va Hukumat tomonidan olti oy, sentyabr oyidan Senat tomonidan uch oy muhlat berilgan edi. Senatning odob komissiyasi a’zosi Gavhar Alimova agar bu muhlat ichida u o‘zini o‘zgartirmasa, ishdan ketishini aytgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat G'aniev

Baholaganlar

143

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing