Forish tumani hokimi ham ishdan olindi

Jamiyat

image

Jizzax viloyati Forish tumani hokimi Ikrom Matiyev ishdan olindi va uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 1 noyabr kuni Forish tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev hamda Prezident maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Unda viloyat hokimi Forish tumani hokimi lavozimiga Sohib Yaxshibekovich Islomov nomzodini deputatlarga tavsiya etdi. Deputatlar tomonidan viloyat hokimining taklifi bir ovozdan ma’qullanib, u tumanga yangi rahbar etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sohib Islomov “Qishloq xo‘jaligida yuqori texnologiyalar agrotexnoparki maxsus sanoat zonasi direksiyasi” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Hokimlik xabarida sobiq hokim Ikrom Matiyevning lavozimidan ozod etilish sababi keltirilmagan. U 2021 yilning yanvar oyida hokim etib tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Karmana tumaniga hamda Andijon viloyatining Xonobod shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. Shuningdek, Ohangaron shahri hokimi ishdan olinib, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlangandi. 

Bundan tashqari, Narpay tumaniga shu paytgacha hokimlik qilib kelayotgan Sherbek Bo‘ronov ishdan bo‘shatilib, uning o‘rniga yangi hokim ishga kirishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shuhrat G'aniev Forish tumani Ulug'bek Mustafoev Ikrom Matiev Sohib Islomov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing