Shuhrat G‘aniyev senatorlar safidan chiqarildi
Jamiyat
−
14 Oktabr 2020
36910Farg‘ona viloyatining sobiq hokimi Shuhrat G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari qatoridan chiqarildi. Endilikda u senator emas. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
MSK “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a’zosining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq G‘aniyevni senatorlar qatoridan chiqardi.
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga hamda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashiga yuborildi.
Eslatib o‘tamiz, Shuhrat G‘aniyev sentyabr oyida Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.
Bu lavozimda G‘aniyevgacha O‘ktam Barnoyev egallab kelgan. U joriy yilning 20 sentyabr kuni vafot etgandi.
LiveBarchasi