Gaiti Prezidentiga suiqasd uyushtirgan ehtimoliy koordinator hibsga olindi
Olam
−
12 iyul 2021
5049Gaiti politsiyasi mamlakat Prezidenti Jovenel Moizga suiqasd qilishning ehtimoliy koordinatorini hibsga oldi. Bu haqda Milliy politsiya rahbari Leon Sharl ma’lum qilgan.
“Qaroqchilar birinchi bo‘lib telefon qilgan odam Emmanuel Sanon bo‘lgan. Hozir hibsda bo‘lgan Kristian Emmanuel Sanon AQSHda joylashgan Venesuelaning xavfsizlik kompaniyalari bilan aloqada bo‘lgan”, degan Sharl.
Politsiya boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, Sanon Gaiti fuqarosi bo‘lib, u qotillikni rejalashtirishda gumon qilinmoqda.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 7 iyuliga o‘tar tunda Gaiti Prezidenti Jovenel Moiz mamlakat poytaxti Port-o-Prenseda joylashgan Pelerin qarorgohida o‘ldirib ketildi. Hujum paytida mamlakatning birinchi xonimi Martin Moiz ham yaralandi.
Shundan so‘ng, Prezidentini o‘ldirishda gumon qilinganlar qo‘lga olindi.
Hozirda Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan.