Boğça mudirasining öldirilişi ortidan Zarbdor hokimi işdan olindi
Jamiyat
−
20:06 2393 1 daqiqa
Avvalroq, Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida boğça mudirasi öldirilgani va qotillikda uning eri gumonlanayotgani haqida xabar berilgan edi. Uşbu voqea fonida tuman hokimi Bekzod Toşpölatov lavozimidan ozod etildi. Uning işdan olinganini hokimlik matbuot kotibi Öktam Sulaymonov QALAMPIR.UZ’ga tasdiqladi.
Ma’lum bölişiça, Bekzod Toşpölatov joriy yilning 31 oktyabr kuni egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Uning vazifasini vaqtinça bajariş esa hokimning quriliş, tösiqlarsiz muhit yaratiş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik, ekologiya va kökalamzorlaştiriş masalalari böyiça örinbosari Alişer Erjigitov zimmasiga yuklangan.
Eslatib ötamiz, Zarbdorda boğça mudirasining öldirilişi böyiça joriy yilning 29 oktyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçi şaxs – ayolning turmuş öroği Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida uşlangan.
Marhuma Zarbdor tumani “Adirobod” MFY hududidagi boğçada mudira lavozimida faoliyat yuritgan. Hodisa oilaviy mojaro bilan boğliq ekani, unga turmuş örtoği aloqador bölişi mumkinligi aytilmoqda. Voqeaga sobiq hokimning aloqadorligi esa hozirça rasman tasdiqlamagan.
Live
Barchasi