Gaiti Prezidentini o‘ldirishni buyurgan shaxsning laqabi oshkor bo‘ldi

Olam

image

Gaiti Prezidenti Jovenel Moizning o‘ldirilishida gumon qilinib hibsga olingan asli gaitilik Amerika fuqarolari suiqasd tashkilotchisi “Mayk” laqabli chet el fuqarosi bo‘lganini aytdi. Bu haqda “The New York Times” xabar bermoqda.  

Hibsga olingan Jeyms Solaj va Jozef Vensanning ta’kidlashicha, ular faqat Moizning hujumchilari uchun tarjimon vazifasini bajargan. Suiqasd paytida ularning o‘zi uyda bo‘lmagan. 

Hibsga olingan “tarjimonlar” ishini ko‘rib chiqqan sudya Klement Noelning so‘zlariga ko‘ra, Solaj va Vensan suiqasd uyushtirishni rejalashtirish uchun Prezident qarorgohiga hujum qilgan otryad a’zolari bilan uchrashgan. Uchrashuvda asosiy maqsad Moizni o‘ldirish emas, balki uni Milliy saroyga — Gaiti Prezidentining rasmiy qarorgohiga yetkazish ekanligi ta’kidlangan. 

Sudya Noel shuningdek, ikki kolumbiyalik halok bo‘lgan politsiya bilan otishmadan so‘ng amerikaliklar darhol hibsga olinganini ta’kidlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Gaiti Prezidenti 7 iyulga o‘tar kechasi shaxsiy qarorgohiga qilingan hujumda o‘ldirildi. Hujumda uning rafiqasi Martin Moiz ham jarohat oldi. Keyinchalik uning o‘limi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘ldi, ammo Gaitining Dominikan Respublikasidagi elchixonasi bu xabarlarni rad etdi.  

Keyinchalik, Gaitining AQSHdagi elchisi Bokchit Edmond Respublikaning birinchi xonimi Martin Moiz davolanish uchun Mayamiga olib borilishini ma’lum qildi. 

Ma’lumot o‘rnida, Gaiti Senati (parlamentning yuqori palatasi) o‘z spikeri Jozef Lamberni Respublikaning muvaqqat Prezidenti deb e’lon qilgan


Maqola muallifi

Teglar

qotillik Gaiti

Baholaganlar

325

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing