Taniqli polvonni kurash maydonida pichoqlab o‘ldirgan erkak qamaldi
3-sahifa
−
20:25 3294 2 daqiqa
Joriy yilning 9 may kuni Surxondaryo viloyatidagi Denov tibbiyot kollejida bo‘lib o‘tgan kurash musobaqasi davomida kurashchi polvon pichoqlab, o‘ldirilgani haqida xabar berilgan edi. Polvonni hammaning ko‘z o‘ngida o‘ldirgan shaxs 18 yilga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, 1997 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi Doston Jabborov joriy yilning 9 may kuni Denov tumanining “Yangiariq” mahallasida joylashgan “Ab-u-ali Ibn Sino” nomidagi tibbiyot texnikumi o‘yingohiga kurash musobaqasini tomosha qilishga borgan. Musobaqda ukasi Bo‘stonbek Jabborovni Ayubxon Hurramov mag‘lub qilgan va sudlanuvchining bundan jahli chiqqan. Shuning uchun u kurash musobaqasi bo‘layotgan joyni tark etgan.
Biroq yo‘lda taksi haydovchisidan kurash bo‘layotgan joyda otasi Asl Xudoyqulov bilan fuqaro Ayubxon Hurramovning otasi Nizomiddin Cho‘tboyev o‘zaro tortishib qolganligini eshitgan. Bundan g‘azablangan Doston Jabborov o‘sha yerdagi oziq-ovqat do‘konidan oshxona pichog‘ini olgan va Nizomiddin Cho‘tboyevni kurash maydonida, uning ikki nafar o‘ngida to‘rt marta pichoqlagan. Shundan so‘ng atrofidagilar uni ajratib olgan. Nizomiddin Cho‘tboyev esa olgan tan jarohatlari oqibatida Denov tuman tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Joriy yilning 8 oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda Doston Jabborov aybiga iqror bo‘lgan. U sud hukmi bilan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “j” va “l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan va 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada tamagirlik maqsadida 28 yoshli mijozini o‘ldirib, uning jasadini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yuborgan bank xodimi 18 yilga qamalgan edi.
Live
Barchasi