G7 davlatlari Rossiyadan Navalniyni ozod qilishni talab etdi

Olam

image
Panjara ortida ham Putinga tinchlik bermayotgan Navalniy aslida kim?  north_east

Panjara ortida ham Putinga tinchlik bermayotgan Navalniy aslida kim? 

“Katta yettilik” davlatlari (G7) Rossiyadan Korrupsiyaga qarshi kurash fondi asoschisi, muxolifatchi Aleksey Navalniyning ozod qilinishini talab qildi. 
 

"Biz, Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSH Tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining yuqori vakili, Aleksey Navalniyning hibsga olinishi va hibsda saqlanishini bir ovozdan qoralaymiz", deyilgan bayonotda.

Bundan avval rasmiy Moskva bir necha bor xorijiy Hukumatlarni Rossiya ishlariga aralashmaslikka chaqirgandi. 

Xususan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSH elchixonasini mamlakatning ichki ishlariga aralashganlikda ayblagan va norozilik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Aleksey Navalniy 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytishi bilan hibsga olindi. 

Keyinchalik, Rossiyaning Ximki shahar sudi Jazolarni ijro etish federal xizmati da’vosiga ko‘ra, muxolifatchi Aleksey Navalniyni 30 sutkaga 15 fevralgacha qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. 

Shundan so‘ng, Germaniya kansleri Angela Merkel ham Moskvada 30 kun hibsga mahkum qilingan Rossiya muxolifati rahbari Aleksey Navalniyni ozod qilishga chaqirgandi. 

Shuningdek, Rossiya Federatsiyasining bir qancha hududlarida Navalniyning tarafdorlari norozilik namoyishlari uyushtirdi. Oqibatda, ayrim hududlarda huquqni muhofaza qiluvchi organ va miting ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Naval'niy

Baholaganlar

271

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing