Futzal: O‘zbekiston Niderlandiya bilan durang qayd etdi
Sport
−
14 Sentabr 2024 4704 1 daqiqa
Bugun, 14 sentyabr kuni O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start oldi. Toshkentdagi “Humo arena”da bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Niderlandiya o‘rtasidagi uchrashuv durang natija bilan yakunlandi.
Uchrashuvning ilk golini 4-daqiqada gollandiyalik Tevfik Cheyar kiritdi va o‘yinda hisobni ochdi. Elbek To‘lqinov esa hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 1-bo‘limi 1:1 hisobi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda esa Niderlandiya yana hisobda oldinga chiqib oldi. Bu safargi gol muallifi – Ismoil Odduh. 36-daqiqada Ixtiyor Ropiyev hisobni tenglashtirdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, Odduh dublni rasmiylashtirib, jamoasining hisobda oldinga olib chiqdi. 39-daqiqada Husniddin Nishonov muvozanatni tikladi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston tarixda birinchi marta FIFA tasnifidagi turnirga mezbonlik qilmoqda. O‘zbekiston futzal terma jamoasi esa 3-marta Jahon chempionatida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 6 oktyabrga qadar davom etadi. Toshkent va Buxoro shahridan tashqari Andijon shahrida turnir o‘yinlari o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda futzal bo‘yicha Jahon chempionati start olishi haqida xabar berilgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr