Akbar Jörayev jahon rekordini yangilab, oltin medalni qölga kiritdi
Sport
−
17:24 1138 1 daqiqa
Bugun, 6 noyabr kuni özbekistonlik oğir atletikaçi Akbar Jörayev Xitoyning Ninbo şahrida ötkazilayotgan oğir atletika böyiça Jahon çempionatida yangi rekord örnatib, oltin medalga sazovor böldi.
Akbar Jörayev 110 kg vazn toifasida dast kötariş maşqida 198 kg natija qayd etdi va şohsupaning eng yuqori qismini öziniki qildi. Bundan taşqari, u öziga tegişli jahon rekordini ham yangiladi.
E’tiborlisi, Akbar Jörayev oldinda mazkur vazn toifasidagi siltab kötariş va ikki kuraş bahslarida ham iştirok etadi.
Ma’lumot uçun, Akbar Jörayev Tokio-2020 Olimpiya öyinlarida 109 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan. Şuningdek, Parij-2024 Olimpiya öyinlarida kumuş medalga sazovor bölgan. Bundan taşqari, Jörayev 2025 yil 10 oktyabr kuni Norvegiyaning Fyorde şahrida ötkazilgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida uçta oltin medalni qölga kiritgan edi.
Live
Barchasi