Bugun Özbekiston JÇ yöllanmasi uçun kuraşni boşlaydi
Sport
−
238 1 daqiqa
Bugun, 28 noyabr kuni Özbekiston ayollar terma jamoasi futbol böyiça 2027 yilgi Jahon çempionati saralaşining qit’alararo pley-off bosqiçidagi iştirokini boşlaydi. Marokaş mezbonlik qilayotgan saralaş turnirida Kotrina Kalbayt şogirdlari Papua-Yangi Gvineya terma jamoasiga qarşi maydonga tuşadi.
Uçraşuv Toşkent vaqti bilan soat 21:30 da boşlanadi. Olti jamoa iştirok etadigan saralaş turnirida Özbekiston terma jamoasi Papua-Yangi Gvineyadan taşqari Gana va Janubiy Afrika terma jamoalari bilan ham bahs olib boradi.
Şuningdek, musobaqada Xitoy Taypeyi va Ekvador terma jamoalari ham iştirok etadi. Olti jamoadan eng yaxşi natija qayd etgan ikkitasi saralaşning ikkinçi bosqiçiga yöl oladi. Qolgan jamoalar esa Jahon çempionati yöllanmasi uçun kuraşni yakunlaydi.
Ikkinçi bosqiçda KONKAKAFdan ikki, KONMEBOL va UEFA’dan bittadan jamoa, şuningdek, birinçi bosqiç ğoliblari iştirok etadi. Jami olti jamoa örtasidagi bahslar yakunida uçta terma jamoa Jahon çempionatining final bosqiçiga yöllanma oladi.
Live
Barçasi