Infantino Jahon çempionatini kengaytiriş ğoyasidan voz keçdi

Sport

−

image

FIFA prezidenti Janni Infantino Jahon çempionatini iştirokçilarini 64 taga yetkaziş rejasidan voz keçdi. Bu haqda “The Times” naşri xabar berdi.

Manbaga köra, u turnirni ötkaziş huquqlarining bir qismini sotiş rejalari bilan boğliq mojaro ortidan yuzaga kelgan bosimni yumşatiş maqsadida şunday qarorga kelgan. Ta’kidlanişiça, Infantino qayta saylangan taqdirda milliy terma jamoalar yoki klublar örtasidagi Jahon çempionatlarini kengaytirişga urinmaydi.

Joriy yilning avgust oyida Infantino Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) tomonidan ilgari surilgan 2030 yilgi Jahon çempionatini 64 ta jamoaga kengaytiriş taklifini qöllab-quvvatlagan.

Naşrning yozişiça, FIFA prezidenti turnirda köproq mamlakatlarga örin beriş orqali öz mavqeini saqlab qoliş uçun zarur ovozlarni töplaş va kengroq koalitsiya qöllab-quvvatloviga erişişni közlagan.

2026 yilgi Jahon çempionatidan söng Infantino FIFA’ning erkaklar va ayollar örtasidagi eng yirik turnirlarini boşqaradigan alohida kompaniya taşkil etişni rejalaştirgani ma’lum böldi. Uning fikriça, FIFA Forward Enterprise kompaniyasini taşkil etiş a’zo assotsiatsiyalar daromadlarini oşiriş va butun dunyo böylab futbol rivojiga hissa qöşişi mumkin edi. FIFA uşbu loyiha orqali 4,2 milliard dollar jalb etiş mumkinligini bildirgan.

Biroq taşabbus futbol rasmiylari, federatsiyalar va boşqa taşkilotlar tomonidan keskin tanqid qilindi. UEFA, KONKAKAF, OFK va CONMEBOL loyihaga qarşi çiqdi. UEFA, şuningdek, FIFA homiyligidagi turnirlarni boykot qiliş bilan tahdid qildi.

Infantino loyihadan voz keçganini e’lon qilganidan keyin ham UEFA FIFA prezidentiga nisbatan işonç yöqolganini bildirdi. “The Telegraph” naşrining xabar berişiça, UEFA Infantino öz ixtiyori bilan iste’foga çiqmasa, unga nisbatan işonçsizlik ovozi berişni rejalaştirmoqda.

Ma’lumot uçun, FIFA prezidentligiga navbatdagi saylovlar 2027 yil mart oyida Marokaşda bölib ötadi. Infantino 2016 yil fevral oyida favqulodda kongressda FIFA prezidenti etib saylangan. Şundan söng u ikki marta raqibsiz qayta saylandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing