Akbar Jörayev 4 karra jahon çempioni böldi

Sport

−

image

Bugun, 6 noyabr kuni Özbekiston oğir atletika terma jamoasi a’zosi Akbar Jörayev Xitoyning Ninbo şahrida yakunlanayotgan Jahon çempionatida oltin medalni qölga kiritdi. Jörayev 110 kg vazn toifasida iştirok etib, törtinçi bor jahon çempioni böldi.

Siltab kötariş maşqida Akbar Jörayev 234 kg oğirlikdagi ştangani muvaffaqiyatli kötardi.

E’tiborlisi, Akbar Jörayev oldinroq dast kötariş maşqida 198 kg natija qayd etib, özining jahon rekordini yangilagandi.

Şu tariqa, ikki kuraş yakunlariga köra, Jörayev 432 kg natija bilan oltin medalni qölga kiritdi va uşbu yönalişda ham yangi jahon rekordini örnatdi.

Mazkur jahon çempionati Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya öyinlari uçun reyting oçkolarini taqdim etişi bilan ham ahamiyatli. Akbar Jörayev ikkita jahon rekordini yangilaş orqali qöşimça bonus oçkolariga ham ega böldi.

Ma’lumot uçun, Akbar Jörayev Tokio-2020 Olimpiya öyinlarida 109 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan. Şuningdek, Parij-2024 Olimpiya öyinlarida kumuş medalga sazovor bölgan. Bundan taşqari, Jörayev 2025 yil 10 oktyabr kuni Norvegiyaning Fyorde şahrida ötkazilgan oğir atletika böyiça jahon çempionatida uçta oltin medalni qölga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing