Futbol. O‘zbekiston bir oy ichida 3-bor Gonkongni mag‘lub etdi
Sport
−
25 Sentabr 2023
5755Bugun, 25 sentyabr kuni Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlari doirasidagi futbol uchrashuvlarining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Gonkong vakillariga qarshi maydonga tushdi.
Timur Kapadze shogirdlari birinchi bo‘limni yomon boshladi va startdan 4 daqiqa o‘tib, o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishga majbur bo‘ldi. Ley Ngayxoy uchrashuvda hisobni ochdi. Bu gol birinchi taymda yagonaligicha qoldi.
Ikkinchi bo‘lim avvalida o‘zbekistonlik futbolchi Alisher Odilov penaltidan unumli foydalana olmadi. Oradan 10 daqiqa o‘tib Alibek Davronov hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, 70-daqiqada Jasurbek Jaloliddinov farqni bittaga oshirib qo‘ydi – 2:1. Uchrashuvning qolgan vaqtida ushbu hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga chiqadigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 sentyabr kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston terma jamosi Gonkongga qarshi maydonga tushib, 10:0 hisobida g‘alabaga erishgan edi. Shuningdek, Osiyo o‘yinlari doirasidagi birinchi uchrashuvda O‘zbekiston Gonkongni 1:0 ga yutgandi.
LiveBarchasi