Ma’rufxo‘jayev O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltinni keltirdi

Sport

image

Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar yana 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni jamoa hisobiga qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri Shaxzod Shukurov xabar berdi. 

Uning ma’lum qilishicha, bugun, 27 oktyabr kuni para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari – Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin,  Tolibjon Yo‘ldashev kumush medalga sazovor bo‘lgan.

Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -97 kg vazn toifasidagi Farhod Umrzoqov 228 kg natija bilan 2-o‘rinni egallagan holda kumush medalni qo‘lga kiritgan. Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F11 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok etgan Shahnoza Adhamova esa 27.08 metr natija bilan bronza medali sohibi bo‘lgan.

Bundan tashqari para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 200 metrga individual kompleks usulda suzish bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Firdavsbek Musabekov bronza medaliga ega chiqqan.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 69 ta medal (23 ta oltin, 22 ta kumush, 24 ta bronza) bor. Ayni paytda O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingning 8-pog‘onasini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Para Osiyo o'yinlari Xanchjou Qudratullaxon Ma'rufxo'jaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing