Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik para sportchilarning bugungi natijalari qanday?

Sport

image

Bugun, 27 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 5-kunida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 4 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Oltin medal:

•  Para yengil atletikaning uzunlikka sakrash bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan para atlet Omad Hasanov barcha raqiblarini ortda qoldirgan holda musobaqa oltin medalini qo‘lga kiritdi.

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida  F41 klassida   yadro uloqtirish dasturida qatnashgan Kubaro Hakimova Osiyo rekordini o‘rnatgan holda oltin medalga ega chiqdi.

•  Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida F37 klassida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilar – Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev oltin, Tolibjon Yo‘ldashev kumush medalga sazovor bo‘ldi.

•  Suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida erkin usulda suzish bahslarida ishtirok etgan uch nafar O‘zbekiston vakilining barchasi sovrinli o‘rinlarni egalladi. Jumladan, Islom Aslanov oltin, MuzaffarTursunxo‘jayev kumush va Kiril Pankov bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Kumush medal:

•  Para yengil atletikaning yadro uloqtirish dasturida ishtirok etgan Elbek Sultonov bahslar yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

•  Para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -97 kg vazn toifasida ishtirok etgan Farhod Umrzoqov 228 kg natija bilan 2-o‘rinni egalladi va musobaqa kumush medaliga ega chiqdi.

Bronza medal:

•  Para yengil atletikaning ayollar o‘rtasida F11 klassida disk uloqtirish bahslarida ishtirok  Shaxnoza Adhamova 27.08 metr natija bilan bronza medali sohibi bo‘ldi.

•  Para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 200 metrga individual kompleks usulda suzish bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan  Firdavsbek Musabekov bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, hozirda delegatsiya hisobida jami 62 ta medal (24 ta oltin, 23 ta kumush, 25 ta bronza) bor. Ayni paytda O‘zbekiston medallar jamg‘arish bo‘yicha reytingning 8-pog‘onasini egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Para Osiyo o'yinlari Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing