Xanchjou-2022. O‘zbekiston Gonkongni 1:0 hisobida mag‘lub etdi

Sport

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahri mezbonligida bo‘lib o‘tayotgan XIX Osiyo o‘yinlari doirasidagi futbol uchrashuvlari start oldi. Unda O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Gonkong vakillariga qarshi maydonga tushib, 1:0 ko‘rinishidagi hisob bilan g‘alabaga erishdi. 

Timur Kapadze shogirdlari uchrashuvning birinchi bo‘limini faol tarzda boshlagan bo‘lishiga qaramay, dastlabki 45 daqiqalikda Gankong darvozasini ishg‘ol qila olmadi. Shu o‘rinda, o‘zbekistonlik posbon ham o‘z himoyasidagi hudud dahlsizligini saqlab qoldi. 

Uchrashuvdagi yagona golga ikkinchi bo‘limida zahiradan maydonga tushirilgan Ulug‘bek Hoshimov mualliflik qildi. 

Shu tariqa O‘zbekiston U-23 Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini g‘alaba bilan boshlab oldi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Osiyo o'yinlari Gonkong Xanchjou

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made