O‘zbekiston U-23 Gonkongni xokkeycha hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
09 Sentabr 2023
10141Bugun, 9 sentyabr kuni 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo kubogi saralash bosqichi 2-turi doirasida O‘zbekiston terma jamosi Gonkongga qarshi maydonga tushdi. Mazkur uchrashuvda Timur Kapadze shogirdlari raqib darvozasiga 10 ta javobsiz gol urdi.
O‘zbekiston vakillari o‘yinni to‘liq ustunlikda boshladi va 6-daqiqada Husayn Norchayev tomonidan hisob ochildi. 25-daqiqada Abbosbek Fayzullayev ikkinchi golga mualliflik qilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay, uchrashuvning 28-daqiqasida Alisher Odilov penaltidan unumli foydalandi va hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu bilan birinchi bo‘lim o‘zbekistonliklar foydasiga hal bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Umarali Rahmonaliyev ham Fayzullayev ishlagan penaltini aniq amalga oshirdi. Ikki daqiqa o‘tib, Norchayev dublga erishgan bo‘lsa, 68-daqiqada yana bir bor o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 74-daqiqada Man Yip Cheuk O‘zbekiston foydasiga xato ishlab, o‘z darvozasiga gol urdi. So‘ngi daqiqalarda (83,88,90+3) Ulug‘bek Hoshimov xet-trik qayd etib, eski 7:0 ko‘rinishidagi hisobni 10:0 ga o‘zgartirib qo‘ydi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Gonkongni 10:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
LiveBarchasi