Fuqarolarni Meksika orqali AQSHga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi (video)

3-sahifa

image

4 ta viloyatda fuqarolarni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish uchun katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, DXXning Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Samarqand tumanida istiqomat qiluvchi 1990 yilda tug‘ilgan shaxs Navoiy shahrida yashovchi fuqaroni “Turkiya-Yevropa-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yuborish evaziga 28 ming dollar talab qilib, oldindan 14 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xizmatning Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun bir necha marotaba sudlangan shaxs Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni Qo‘shma Shtatlarga yuborish va viza hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 35 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming dollar miqdoridagi pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.  

Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida kuzatilgan holatda esa Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan shaxs mahalliy fuqaroni “Turkiya-Ispaniya-Meksika” yo‘nalishi orqali Amerikaga ishlash maqsadida yuborish uchun mansabdor tanishlari orqali viza rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming dollar talab qilib, oldindan 5 ming dollar va 26 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Xizmatning Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs Shirin shahrida istiqomat qiluvchi 2 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborish hamda viza va boshqa hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 38 ming dollar talab qilib, oldindan 52 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida fuqarolarni Meksika orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olingandi. Ushbu shaxslar 40 000 dollar evaziga Meksika davlati orqali AQSHga chegaradan o‘tkazib qo‘yishini aytib, oldindan 4 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh viza Samarqand Turkiya-Evropa-Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing